Latest posts
1 Aprel 2026
Adashuvchan inson hukmlari ortidagi psixologiya
Miyangiz sizni aldayapti, ba’zan emas, afsuski har doim. Munger salkam 100 yil yashab tushungani: odamlar muvaffaqiyatiga omadsizligi yoki past IQdan emas balki hayotingizni sekin, sezdirmay yo‘q qilayotgan 24 ta psixologik moyilliklar ekanligini tushunib yetadi. Bularni yaxshilab tushuning, ko‘proq o‘qing va yodlab oling. Zero sizni ham hayotingiz ham shu kichik xatolarni deb katta tartibsizlikka aylanib ketmasin
Read more →
← Back to blog
Adashuvchan inson hukmlari ortidagi psixologiya
1. Mukofot & Manfaatga qattiq bog‘lanish.
Odamlar tezkor keladigan rag‘bat/manfaat yoki jazo sababni uzoqni ko‘ra olmay qolishadi
2. Sevganiga og‘ish moyilligi.
Sevganimizga yon bosamiz va bittada ishonamiz sabab qattiq adashishimiz va noto‘g‘ri tarafga ketib qolamiz
3. Nafrat moyilligi.
Nafrat va negativ qarashlar siz haqdan to‘sadi
4. Shubhadan qochish moyilligi.
Noaniqlik bo‘lsa-da, shubhadan qochaman deb, tez qaror qabul qilib qo‘yamiz
5. Bardavomiga intilish moyilligi.
O‘zgarishdan qochib, eski qarashlarga, odatlarga intilamiz
6. Qiziqqagina og‘ish moyilligi.
Qiziqish tabiatimizda bor. Bu yangi loyihalar, imkoniyatlarga olib borsa-da,ba’zida chalg‘itishi mumkin
7. Katcha adolat moyilligi.
Biz o‘zimizcha, adolatli deb bilganimiznigina qilamiz
8. Hasad va rashk moyilligi.
Qolganlar mehnatiga ko‘z yumib, ularni yetishganiga noloyiq ko‘rib, bizda bo‘lishi xohlab qolamiz
9. Qaytarishga moyillik.
"Yegan o‘g‘iz uyaladi" deganlaridek, qarzdor his qilib qaytargimiz keladi
10. Yonida turganini ta’sir o‘tkazishi moyilligi.
Shunchaki yaqinida, yonida bo‘lgani yoki ko‘p takrorlangani sabab g‘oyalarni, narsalarni tanlab qo‘yamiz
11. O‘ziga haddan tashqari ishonish moyilligi.
Qobiliyatlarimizga, hissa qo‘shganlarimizga qarab o‘zimizga ortiqcha berib yuboramiz va katta kutilmalar qo‘yamiz
12. Ortiqcha optimist bo‘lishga moyillik.
Kelajak haqida o‘ylayotganda reallikdan uzilib, pozitiv bo‘lib ketamiz va bir vaqtni o‘zida xatarlar, to‘siqlarni esdan chiqaramiz
13. Yo‘qotishdan qattiq qo‘rqish moyilligi.
Qo‘limizda bor bo‘lgan narsadan ayrilib qolishdan qattiq qo‘rqamiz
14. Ko‘pchilikka ergashish moyilligi.
Nima qilishni, o‘zimizni qanday tutishni atrofdagilardan ko‘chiramiz, ayniqsa noaniq vaziyatlarda
15. Kontrastga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lish.
Aniq, o‘lchangan qiymatlardan ko‘ra birbiriga solishtirib xato baho berib qo‘yamiz va natijada umuman noto‘g‘ri qarorlar qilamiz
16. Stress ta’siriga uchrash moyilligi.
Stressda qolganimizda qaror qabul qilish qobiliyatimiz keskin yomonlashadi va noto‘g‘ri qarorlar tarafga olib ketadi
17. Boriga ortiqcha baho berish moyilligi.
Qo‘lingizda bor ma’lumotga ishonib, ortiqcha baho berish moyilligi
18. "Ishlat yoki yo‘qot" moyilligi.
Ko‘nikma va bilim ishlatilmasa sekin yo‘q bo‘ladi
19. Ichkilik va moddalar ta’siri.
Alkogol va narkotik moddalar sabab tiniq fikrlash umuman yo‘q bo‘lib, tasavvur qila olmaydigan darajada yomon ishlarni qilamiz
20. Qarilik ta’siri.
Aqliy salohiyatimiz yosh o‘tgani sari tushib, qarorlarimiz noto‘g‘ri bo‘lish ehtimolligi oshib borishi mumkin
21. "Katta"ning ta’siri.
Avtoritet deb bilgan inson, ekspert gaplariga ko‘rlarcha ishonib xato qaror qilamiz
22. Mazmunsiz gapga moyillik.
Biz ko‘pincha befoyda ishlar, suhbatga qarab ketib qolamiz
23. Sababi borini hurmat qilish moyilligi.
Bema’ni sabab bo‘lsa ham, borligi, ko‘rsatilgani uchun noto‘g‘ri qaror qabul qilamiz
24. Lollapalooza moyilligi.
Shu moyilliklarni bir nechtasi bir vaqtda birlashib yanada yomon qarorlar va oqibatlarga olib boradi